Olimpiadaning Al-Xorazmiy vatani O‘zbekistonda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega – Telegram asoschisi

Saqlash
16:48 / 10.08.2026 236 0

Pavel Durov o‘z sahifasida bugun Toshkentda start olgan IOI 2026 haqida post qoldirdi.

 

“IOI — bu yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha eng yirik musobaqa. Ko‘p yillar oldin Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ushbu olimpiadada medallar qo‘lga kiritishgan”, deydi Durov.

 

Telegram asoschisi olimpiadaning ahamiyatini ta’kidlar ekan, IOI 2026 g‘oliblariga Telegram tomonidan maxsus raqamli kolleksiyalar — “Algorithm Cups” taqdim etilishini ma’lum qildi.

 

“Dunyodagi eng yaxshi yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram 235 nafar g‘olibga maxsus raqamli kolleksiya buyumlarini — “Algoritm kuboklari”ni taqdim etadi. Ularning umumiy qiymati kamida 117 000 AQSH dollari”, deydi u.

 

 

Shuningdek, Durov olimpiadaning aynan O‘zbekistonda — algebra fanining buyuk asoschisi Muhammad al-Xorazmiy vatanida o‘tkazilayotganini alohida qayd etdi.

 

“IOI ning O‘zbekistonda — algebra otasi, “algoritm” so‘zi kelib chiqqan mashhur olim Al-Xorazmiyning vatanida o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega.

 

Eng yaxshi algoritm g‘olib chiqsin!” degan Telegram asoschisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//