Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyati tartibga solindi

Saqlash
14:13 / 10.08.2026 221 0

Hukumat qarori bilan “Respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarida ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti maslahatchilarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi.

 

Maslahatchi departament bilan kelishilgan holda tegishli davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:

▪️ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari huzurida davlat tilini rivojlantirish va geografik obyektlarni nomlash borasidagi masalalarni ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;

 

▪️ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining davlat tilini va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishga oid buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish va boshqalar.

 

Maslahatchining hisobotlari Departament tomonidan 1 yilda kamida 1 marta, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining yig‘ilishlarida esa har chorakda muntazam eshitib boriladi va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//