Jamiyat
Psixologning aytishicha, qiz farzand o‘z qadrini, avvalo, otasining unga bo‘lgan munosabati orqali his etishni o‘rganadi. Otaning mehri, e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi unda sog‘lom ichki ishonch shakllanishiga yordam beradi.
Qiz farzandda “Men qadrliman, mening ham fikrim muhim va men mehrga loyiqman”, degan ichki ishonch shakllanishi uchun ota quyidagilarni amal qilishi shart:
▪️ qizining fikrini tinglasa;
▪️ hislarini jiddiy qabul qilsa;
▪️ harakati va yutuqlarini e’tirof etsa;
▪️ xato qilganida kamsitmay, tushuntirsa;
▪️ nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki aql-zakovati va qobiliyatini ham qadrlasa;
▪️ uni boshqa qizlar bilan taqqoslamasa.
Aksincha, otaning befarqligi, doimiy tanqidi, kamsitishi yoki boshqalar bilan taqqoslashi qizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Natijada u otasidan ololmagan mehr, e’tibor va e’tirofni ulg‘aygach boshqalardan, ayniqsa, romantik munosabatlardan izlashga moyil bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, bu holat:
▪️ boshqalarning fikriga haddan tashqari bog‘lanish;
▪️ rad etilishdan kuchli qo‘rqish;
▪️ e’tiborni chin muhabbat deb qabul qilish;
▪️ nosog‘lom munosabatlarga chidash;
▪️ shaxsiy chegaralarni himoya qilishda qiynalish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
“Agar qizingizni kelajakda bilimli, o‘ziga ishongan va jamiyatda o‘z o‘rniga ega inson sifatida ko‘rishni istasangiz, bugun unga mehr bering va bilim olishi uchun sharoit yarating.
Agar uning kelajakda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli va sog‘lom munosabat qurishini xohlasangiz, bugun oilangizdagi o‘zaro hurmat, mehr va hamjihatlik bilan unga namuna bo‘ling”, deyiladi psixolog tavsiyasida.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q