Jamiyat
“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilindi.
Unga ko‘ra, rieltorlarni o‘qitish dasturidan o‘tgan va rieltorlarning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga professional jamoat birlashmasi tomonidan shtrix kodli rieltorlarning malaka sertifikati beriladi.
Shuningdek, rieltor rieltorlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritadi va rieltorlarning malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Rieltorlik tashkiloti va ko‘chmas mulk bo‘yicha agent o‘zi haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilgan sanadan e’tiboran rieltorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Demak, endi O‘zbekistonda har kim “men rieltorman” deb ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullana olmaydi. Buning uchun rasmiy o‘qish, imtihon, sertifikat va tashkilotga a’zolik talab qilinadi.
Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi:
▪️ ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzishga doir vositachilik;
▪️ ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
▪️ ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish;
▪️ ko‘chmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatish.
Hujjatga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Shuningdek, Multilisting tizimi xususiy sektor tomonidan tashkil etilib, rieltorlik xizmatlarini muddatli shartnomalar bo‘yicha “yagona darcha” prinsipi asosida ko‘rsatish imkonini beradi va elektron shaklda ishonchli axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95651
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q