Sobiq Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Saqlash
16:58 / 07.08.2026 204 0

Jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudining 2026-yil 7-avgustdagi hukmi bilan Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Fargʻona viloyati sudlari matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Hokimga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida uzil-kesil 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Jinoyat ishi boʻyicha 3 nafar sudlanuvchiga 7 yildan 10,5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari hamda 1 nafar sudlanuvchiga 3 yilga ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

 

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Fargʻona viloyat sudiga apellyatsiya/ kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//