Bosh prokuratura Toshkentda qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligini tekshiradi

Saqlash
12:30 / 31.07.2026 241 0

Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasida bo‘lib, aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganini tanqid qildi.

 


Unga ko‘ra, mazkur hududda mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlangan. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilgan.

 

“Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, deb yozadi Mirziyoyeva telegram sahifasida.


Qayd etilishicha, Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//