1-avgust kuni Sharof Rashidov haqidagi "Davr qahramoni" hujjatli filmi teleekranlarda namoyish etiladi

Saqlash
12:04 / 31.07.2026 615 0

1-avgust kuni soat 18:00 da ZOʻR TV telekanalida davlat arbobi Sharof Rashidov hayoti va merosiga bagʻishlangan “Davr qahramoni” hujjatli filmining oʻzbek va rus tillaridagi premyerasi namoyish etiladi.

 

Mazkur film Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati haqida boʻlib, oʻsha avlodning erishgan natijalari, xususan, fan, san’at, kosmik tadqiqotlar va boshqa sohalardagi yutuqlar prizmasi orqali hikoya qiladi. Shuningdek, filmda Orol dengizi fojiasi, Sovet Ittifoqining Afgʻonistonga bostirib kirishi va “paxta ishi” kabi noqulay savollar ham koʻtariladi.

 

Ushbu kartinani suratga olish ishlari olti yil mobaynida Oʻzbekiston, Belarus va Rossiya mamlakatlarida olib borilgan. Filmning rejissyor va ssenariy muallifi Ruslan Saliyev, bosh prodyuseri Sherzod Umarov, ovoz prodyuseri Kamran Toʻychiev, postanovkachi operator Sarvar Sobirov sanaladi. Uning yaratilishida shuningdek, yetakchi tarixchilar, mutaxassislar, Sharof Rashidovning zamondoshlari va oila a’zolari — qizi Gulnora Rashidova va nabirasi Sevara Rashidova ham ishtirok etgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//