Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda mushuk bolasiga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlib, uni qurilish maydonchasiga uloqtirgan shaxs videosi tarqaldi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari oʻtkazilib, mushukni uloqtirgan va uni tasvirga olgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
.jpg)
Maʼlum boʻlishicha, 27-iyul kuni Andijon shahridagi “Navroʻz Mall” savdo va koʻngilochar majmuasi hududida Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi 18 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilar sonini oshirish maqsadida mushuk bolasini baland toʻsiq orqali qurilish maydonchasi tomon uloqtirilgan. Bu jarayon uning 20 yoshli tanishi tomonidan tasvirga olinib, Instagram tarmogʻiga joylashtirilgan va jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgan.
Surishtiruv natijasida ushbu ikki fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Sud hukmiga koʻra, huquqbuzarlarning har BHMning 10 baravari (4,12 million soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Ichki ishlar organi tomonidan oʻtkazilgan suhbat jarayonida ushbu shaxslar bu ishidan pushaymon ekanini bildirib, jamoatchilikdan uzr soʻragan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113348
Jamiyat
96081
Jamiyat
93484
Jamiyat
77432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q