2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlanadi

Saqlash
09:19 / 31.07.2026 236 0

30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga borgan edi. Prezidentning mazkur davlat tashrifida quyidagi asosiy fikrlar qayd etildi:

 

- Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda;
- Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi;
- O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor;
- Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish;
- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi;
- Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi;
- So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda;
- Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi;
- “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz;
- Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi;
- Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi;
- 2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//