Siyosat
Bugun Cho‘lponota shahridagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlar Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
.png)
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:
– O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma;
– “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim;
– Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim;
– Oliy ta’lim sohasidagi kreditlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim;
– Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bayonnoma;
.png)
– Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
– Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xo‘jaligi obyektlari to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi qo‘shma harakatlar rejasi;
– Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyati Ton tumanida joylashgan “Bo‘ston” pansionati to‘g‘risida shartnoma;
– 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.
.png)
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q