Jamiyat
Endi O‘zbekiston oliygohlarida 2026/27-o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis va adolatli baholash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish hamda xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish maqsad qilingan.
Unga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 3 oy muddatda yakuniy nazorat imtihonlarini bevosita onlayn kuzatish hamda yakuniy nazorat imtihonlarini kompyuter texnikasida topshirish imkonini beruvchi maxsus platformalarni ishlab chiqishi va oliy ta’lim tashkilotlarining ushbu platformalarga integratsiyasini ta’minlashi lozim.
Yakuniy nazorat asosan talabalarning mustaqil fikrini bayon etish imkoniyatini yaratadigan 3-5 tagacha topshiriqlardan (savollardan) iborat yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, yakuniy nazorat boshqa shaklda ham o‘tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat imtihonlari yozma va test shaklida bo‘lganda — mazkur imtihonlar maxsus jihozlangan kompyuter sinfxonalarida kompyuter texnikasida topshiriladi. Barcha yakuniy nazorat imtihonlari, shu jumladan, baholash jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar kamida bir yil davomida saqlanadi.
Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi) ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Joriy va oraliq nazorat bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat imtihoni bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muayyan guruh (talaba) uchun olib bormagan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga baholar noto‘g‘ri qo‘yilgan hollarda, baholarni qo‘ygan professor-o‘qituvchilar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti rahbari nomiga yozilgan tushuntirish xati hamda fakultet dekanining (Registrator ofisi boshlig‘ining) bildirishnomasi asosida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni o‘zgartirishga ruxsat beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96081
Jamiyat
93486
Jamiyat
77433
Jamiyat
//
Izoh yo‘q