Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Nurxoʻja Muhammedov Vengriyaning “Debrecen” universitetidagi ilmiy stajirovka davomida saraton hujayralariga qarshi istiqbolli biofaol birikmalarni tadqiq etish boʻyicha muhim natijalarga erishdi.
Stajirovka davomida yosh olim “Debrecen” universitetining Farmatsevtika texnologiyalari, Farmakologiya va Farmatsevtik kimyo kafedralari olimlari bilan hamkorlikda tabiiy biofaol moddalarni zamonaviy fizik-kimyoviy hamda biologik usullar yordamida oʻrgandi.
Shuningdek, “Debrecen” universiteti Farmatsevtik kimyo kafedrasida professor Anikoʻ Borbas rahbarligida yadro magnit rezonansi (¹H va ¹³C YaMR) tahlillari oʻtkazilib, bufadienolidlar va ular hosilalarining kimyoviy tuzilishi tasdiqlandi.
Stajirovkaning eng muhim natijalaridan biri biofaol birikmalarning saratonga qarshi taʼsirini baholash boʻldi. Farmakologiya kafedrasida oʻtkazilgan tajribalarda arenobufagin va uning hosilalari MCF-7 koʻkrak bezi saratoni hujayralarida sinovdan oʻtkazildi. Tadqiqot natijalari Ar-004, Ar-008 va Ar-015 kabi ayrim hosilalar nanomolyar konsentratsiyalarda saraton hujayralarining yashovchanligini sezilarli darajada kamaytirishini koʻrsatdi.
Bundan tashqari, H9c2 kardiomiotsit hujayralari modelida oʻtkazilgan tadqiqotlar arenobufaginning kimyoviy modifikatsiyasi natijasida uning saratonga qarshi faolligi saqlanib qolgan holda yurak hujayralariga toksik taʼsiri sezilarli darajada kamayganini tasdiqladi. Bu esa mazkur birikmalarning xavfsizroq va istiqbolli dori nomzodlari boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi.
Ilmiy stajirovka davomida olim zamonaviy farmakologiyada keng qoʻllaniladigan Langendorf eks vivo yurak perfuziyasi usuli bilan ham tanishib, ushbu metodning yangi biologik faol moddalarni baholashdagi imkoniyatlarini oʻrgandi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q