Afgʻonistonda “Oʻzbek-Afgʻon doʻstlik bogʻi” qurilishi boshlandi

Saqlash
16:25 / 29.07.2026 460 0

Afgʻoniston shimoli-gʻarbida joylashgan Faryob viloyatida Oʻzbekiston ishtirokida “Oʻzbek-Afgʻon doʻstlik bogʻi” qurilishi boshlandi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va vazirlik huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

 

Ushbu loyihaga Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining Afgʻonistonga tashrifi doirasida start berildi. Inshoot Xon-Chorbogʻ tumanidagi 60 gektar maydonda barpo etilmoqda. Bu yerda 40 ming tup mevali koʻchat ekish, tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish va sugʻorish tizimini suv bilan uzluksiz taʻminlash uchun hajmi 8000 kub metr boʻlgan suv ombori qurish rejalashtirilgan.

 

 

Bogʻning tamal toshini qoʻyish marosimida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi Sardor Qoyshiboyev hamda Faryob viloyati va Xon-Chorbogʻ tumani rahbariyati, jumaldan tuman hokimi ishtirok etdi.

 

Loyiha zamonaviy bogʻdorchilik texnologiyalarini joriy etish, meva ekinlari yetishtirishni koʻpaytirish hamda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, deya taʻkidlagan agentlik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//