Toshkentdagi yirik savdo markazlarida kitob doʻkonlarini tashkil etish majburiy boʻladi

Saqlash
15:22 / 29.07.2026 192 0

Toshkent shahrida maydoni 5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob doʻkonlarini tashkil etishning majburiy tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.



Xabarga koʻra, “Toshkent kitob tijorat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan kitoblar savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida, shoh koʻchalarda yengil konstruksiyali kitob doʻkonlarini oʻrnatish, “Book cafe”larni tashkil qilish, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob koʻchasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

 

Bu haqda Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarorida soʻz boradi.

 

Shuningdek, qarorga koʻra, Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazi binosida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga oʻqitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yoʻnalishlarida Yoshlar kreativ parki tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//