Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

Saqlash
13:34 / 29.07.2026 778 0

Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 29-iyuldagi yigʻilishida asosiy stavka yana 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

Qayd etilishicha, 2026-yil iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizga yetdi, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlanib qoldi. Umumiy inflyatsiya 2026-yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy oʻsish prognozi esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolindi.

Joriy yilning iyun oyida energiya va toshkoʻmir narxlarining oshishi taʻsirida umumiy inflyatsiya surʻatlarining qisqa muddatli yuqorilashi kuzatilmoqda.


Energiya va toshkoʻmr narxlarining oshishi taʻsirida umumiy infilyatsiya surʻatlarining yuqorilashi kuzatilmoqda. Oziq-ovqat infilyatsiyasi sekinlashgan bir paytda xizmatlar infilyatsiyasi tezlashmoqda.


Xizmatlar sohasi, turizm, investitsiylar va chakana savdo hajmining yuqori oʻsishi iqtisodiyotda yapli talabning barqarorligini koʻrsatdi. Shu bilan birga, soʻnggi oylarda byudjet xarajatlarining faollashishi kelgusi choraklarda ham iqtisodiy faollik va talab omillarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

“Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʻminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan boʻlib qoladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//