Poytaxtda yangi istirohat bog‘lari barpo etiladi

Saqlash
17:54 / 24.07.2026 223 0

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mutasaddilar bilan Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlari bilan tanishdi va kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent jadal rivojlanayotgani, biroq hozirda poytaxtda yashil hududlar nihoyatda kamligini ta’kidladi.

 

 

“Yangi istirohat bog‘lari barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish — poytaxt kelajagi uchun eng zarur ustuvor yo‘nalishlardan”, dedi Saida Mirziyoyeva.

 

Qayd etilishicha, poytaxtning Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘da odamlar emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//