Turkiyalik yozuvchining “Men tanigan O‘zbekiston” nomli kitobi nashr etildi

Saqlash
14:45 / 24.07.2026 539 0

Turkiyalik taniqli adib, olim va jamoat arbobi doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” nomli kitobi nashr etildi.

 

Mazkur asarda O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy ma’naviy merosi, turkiy-islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, buyuk allomalari va davlatlilik an’analari haqida so‘z yuritiladi.

 

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati hamda mamlakatimiz taraqqiyot yo‘li haqidagi muallifning xolis fikr-mulohazalari bayon etilgan.

 

Muallif o‘zining ko‘p yillik kuzatuvlari, ilmiy izlanishlari va O‘zbekistonga tashriflari asosida mamlakatimizning kechagi tarixi, bugungi taraqqiyoti va istiqboldagi maqsadlarini xorijlik ziyoli nigohi orqali yoritadi.

 

Ushbu kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining taklifi asosida “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida tayyorlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//