Jamiyat
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash indeksida 101 ta davlat orasida 49-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “Numbeo” platformasi dunyo mamlakatlarining sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha Health Care Index reytingida e’lon qildi.
Ushbu reyting turli davlatlarda tibbiy xizmatlar sifati va infratuzilma darajasini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Xalqaro sog‘liqni saqlash reytingining birinchi yarim yilligida O‘zbekiston tizim samaradorligi bo‘yicha 64,4 ball bilan 49-o‘rinni egalladi. Shaharlar kesimida esa Toshkent 65,7 ball bilan Markaziy Osiyoda Ostona shahridan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Reytingda O‘zbekistonning eng yaxshi baholangan jihatlari tibbiyot muassasalarining aholiga yaqin joylashgani, shifokorlarning bemorlar bilan munosabati va tibbiy xizmatlarning narxi qulayligi bo‘yicha 68-71 ball oralig‘ida baholandi. Shu bilan birga, zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ta’minlanganlik (59,3 ball) hamda shifokor ko‘rigini kutish vaqti (58,3 ball) nisbatan past ko‘rsatkich qayd etgan yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatildi.
Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston kiritilgan. O‘zbekiston top 50 talik bilan mintaqada eng yuqori natijani qayd etgan bo‘lsa, Qozog‘iston 60,7 ball bilan 61-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, reytingda ishtirok etgan mintaqa davlatlari orasida O‘zbekistonning ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi.
MDH davlatlari kesimida ham O‘zbekiston yetakchilik qildi. (reytingga kiritilgan davlatlar kesimida) Mamlakat Rossiya (60-o‘rin), Qozog‘iston (61-o‘rin) va Armanistonni (62-o‘rin) ortda qoldirdi. Belarus 91-o‘rin bilan hamda Ozarbayjon 92-o‘rin bilan eng past natijani ko‘rsatdi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q