Hafta oxirida havo harorati yana ko‘tariladi

Saqlash
12:12 / 24.07.2026 195 0

“O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda.

 

26-iyul, yakshanba kuni 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha yetadi. Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni kunduzgi havo harorati 34-36 daraja, shanba kuni 35-37 daraja, yakshanba kuni 36-38 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//