Jamiyat
Ayni paytda “Tashabbusli budjet” jarayonida loyihalarni kiritish bosqichi davom etmoqda. Endi mahallalar o‘rtasida “Sheriklik” loyihalari ham yo‘lga qo‘yiladi. Bunda loyiha qiymatining yarmini aholi yig‘sa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Mazkur “Sheriklik” loyihalarida joriy yildan boshlab, agar loyiha qiymatining yarmini aholi yig‘sa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday loyiha ovoz to‘plash jarayonida ishtirok etmasdan g‘olib deb topiladi.
Bu imkoniyat mahalladagi qiymati 50–100 million so‘m bo‘lgan kichikroq loyihalarni amalga oshirish uchun juda qulay. Masalan, trotuar qurish, ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatish, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, transformatorni almashtirish, elektr ustunlarini o‘rnatish.
Bunday loyihalarni minglab ovoz to‘plamasdan ham amalga oshirish mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, mahalla fuqarolari o‘zaro maslahatlashgan holda ko‘cha va mahalladagi yirik bo‘lmagan, ammo dolzarb loyihalarni amalga oshirish imkoniyati bor.
Qayd etilishicha, loyihalarni kiritishning oxirgi muddati 3-avgustgacha davom etadi. Loyiha kiritish tartibi bilan maxsus qo‘llanma orqali tanishish mumkin.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q