Jamiyat
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida spirtli ichimlik ta’sirida o‘z onasiga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Ovoz” informatsion dasturida xabar qilindi.
Aytilishicha, 1985-yilda tug‘ilgan erkak mast holda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan. Kelishmovchilik tobora keskinlashgach, vaziyatni tinchlantirish uchun o‘rtaga tushgan onasi ham mojaro markazida qolib ketgan. G‘azabini jilovlay olmagan erkak o‘z onasiga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi o‘z o‘g‘lining harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. Majlisda jabrlanuvchiga onasining da’vosi borligi va qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasi inobatga olingan.
Sud hukmiga asosan, erkak Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, sudlanuvchining avvalgi o‘talmay qolgan jazosi ham qo‘shilib, u uzil-kesil 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q