Jizzax va Buxoro viloyatlarida “Mustaqillik to‘yi” festivali qanday o‘tdi?

Saqlash
15:35 / 23.07.2026 210 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

 

Festivalning navbatdagi manzili Jizzax va Buxoro viloyatlari bo‘ldi. Viloyatda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Festival doirasida Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda “Shijoat” loyihasi amalga oshirildi. G‘allaorol tumanida tashkil etilgan “Shukronalik” loyihasi uchrashuvlari esa yurtga muhabbat, shukronalik va milliy qadriyatlarni ulug‘lash ruhida o‘tdi. Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etib, Vatan tinchligi va mustaqillikning bebaho ne’mati haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Taniqli adiblar, san’atkorlar, madaniyat arboblari va ziyolilar ishtirokida qator ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbirlar tashkil etildi. Zarbdor tumanida “Kinokarvon” loyihasi ijodiy uchrashuv va mazmunli lahzalarga boy bо‘ldi. Tuman Madaniyat markazida “Kinokarvon” loyihasi doirasida “Farz” filmi namoyish etildi.

 

 

Buxoro viloyatida esa dastlab, “Mustaqillik to‘yi” festivali targ‘ibotchilari Kogon tumaniga yetib borishdi va “Ziyorat odobi” hamda “Ma’rifat tur” loyihalari doirasida Bahouddin Naqshband ziyoratgohi ziyorat qilindi.

 

So‘ngra Buxoro viloyatidagi "Yoshlar" oromgohida "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" loyihasi o‘tkazildi.

 

 

Quvnoq uchrashuvda bolajonlar uchun qiziqarli madaniy chiqishlar namoyish etilib, ezgulik, vatanparvarlik, kitobxonlik va milliy qadriyatlarni ulug‘lashga bag‘ishlangan ma’naviy suhbatlar uyushtirildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi.

 

“Mustaqillik to‘yi” festivali targ‘ibotchilari Buxoro shahriga yetib bordi. “Yoshlar markazi" qarshisida targ‘ibotchilar ishtirokida “Milliy navolar” loyihasi doirasida musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

 

 

Buxoro shahridagi “G‘amxo‘rlik” ayollar markazida “Yaxshilik karvoni” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda markaz vakillari, jamoasi hamda tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

 

 

Targ‘ibotchilar Shofirkon tumaniga yetib borishdi va Xoja Orif Revgariy ziyoratgohini ziyorat qilishdi. Shuningdek, Qorako‘l tumani Erkaklar muruvvat uyida “Yaxshilik karvoni" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi. Qorako‘l tumanidagi harbiy qismda esa “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida "Shijoat" va "Kinokarvon" loyihasi o‘tkazildi.

 

 

G‘ijduvon tumanidagi Yoshlar bog‘ida "Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//