Jamiyat
AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi matematiklari, milliy jamiyatlar rahbarlari va IMU rahbariyati ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi. Xorazm Ma’mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltayeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi (Committee for Developing Countries) a’zoligiga saylandi. Bu o‘zbekistonlik matematiklar uchun ulkan e’tirof bo‘ldi.
Shuningdek, Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor Ravshan Ashurov muhokamalarda faol qatnashib, xorijlik hamkasblar bilan ilmiy va institutsional aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mazkur yig‘ilishlar O‘zbekiston matematiklarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi va nufuzini yanada oshirish, yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakat matematika maktabining xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q