Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida A-373 va Toshkent katta xalqa yoʻllari kesishmasida barpo etilgan yangi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.
Mazkur inshoot transport oqimini samarali tashkil etish, yoʻl harakati xavfsizligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda Toshkent shahri bilan Nurafshon oʻrtasidagi qatnov vaqtini 10-15 daqiqaga qisqartirishga xizmat qiladi.

Bektemir va Oʻrta Chirchiq tumanlari tutashgan hududda 14,1 gektar maydonda barpo etilgan loyihaning qiymati 240 milliard soʻmni tashkil etdi. Obyekt tarkibida uzunligi 66 metr, kengligi 46 metr boʻlgan koʻprik, 450 metrlik yer osti avtomobil yoʻli, ikkita ortga qayrilish yoʻlagi, toʻrtta yer osti piyodalar oʻtish yoʻlagi va 950 metrlik aylana halqa yoʻli qurildi. Shuningdek, 9,5 kilometr piyoda va veloyoʻlaklar, sakkizta jamoat transporti bekati, 240 ta tashqi yoritish chirogʻi hamda 6 kilometr yoʻl toʻsiqlari barpo etildi.

Yangi obyektning ishga tushirilishi natijasida yoʻnalishning kunlik oʻtkazuvchanlik quvvati bir necha barobarga oshib, 130 mingta avtotransport vositasiga yetadi. Bu esa poytaxt va Toshkent viloyati oʻrtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilash, tirbandliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Prezidentga loyihaning texnik yechimlari, transport oqimini boshqarish imkoniyatlari hamda kelgusida Toshkent – Nurafshon yoʻnalishida tezyurar avtobuslar tizimini (BRT) yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalar haqida ham axborot berildi.
Shundan soʻng, davlat rahbari, Oʻrta Chirchiq tumanidagi Qorasuv kanali boʻyida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

Oʻrta Chirchiq tumanidagi Qorasuv kanali sohili soʻlim maskanlardan biriga aylanmoqda. Oʻtgan yili boshlangan qurilish ishlari natijasida 32 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ hisobidan sohil boʻyining 9 kilometr uzunlikdagi qismi obodonlashtiriladi.
Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilayotgan boʻlib, dastlab Tinchlik va Qorasuv mahallalari oraligʻidagi 1,6 kilometr uzunlikda sohil qismi obodonlashtirildi. Piyodalar uchun zamonaviy yoʻlaklar, favvora, vorkaut maydonchalari, akvapark hamda koʻprik osti tunneli aholi xizmatiga shay.
Hududda, shuningdek, manzarali daraxtlar, qulay oʻrindiqlar bilan birga umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari ham barpo etilgan.
Keyingi bosqichda Qorasuv, Rovatak va Fayzobod mahallalaridan oʻtuvchi qismida koʻngilochar, dam olish va gastronomik koʻchalari tashkil etiladi. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari soni 6 taga yetkazilib, 150 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93067
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q