Fransiyada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Saqlash
12:53 / 22.07.2026 170 0

2026-yilning sentyabridan boshlab Fransiyada 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron xabar qildi.

 

“Men vaʼda bergandim va qonun qabul qilindi: yangi oʻquv yilidan boshlab 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi. Deputatlarga rahmat. Endi gap konstitutsiviy kengashda, soʻngra esa buni hayotga tatbiq etish va farzandlarimizni internetda himoya qilish uchun amaliy harakatlarda qoladi”, deb yozdi Fransiya Prezidenti.

 

Avvalroq Fransiya Milliy majlisi (parlament quyi palatasi) va Senati (parlament yuqori palatasi) 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini qoʻllab-quvatlagandi.

 

Unga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar oʻz foydalanuvchilarining yoshini tekshirish mexanizmini joriy etishga majbur boʻladi. Bundan tashqari, ular 15 yoshga toʻlmagan foydalanuvchilarning akkauntlarini oʻchirib tashlashi shart. Shuningdek, 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarning internetda vaqt oʻtkazishini cheklash maqsadida “raqamli komendantlik soati” joriy etiladi.

 

Birinchi bosqichda 15 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarning akkaunt ochishi taqiqlanadi. Ikkinchi bosqichda esa, 2027-yil 1-yanvargacha mavjud akkauntlar oʻchiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//