Sport
Mundialda Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov Kongo DR darvozasiga kiritgan gol JCH–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli sifatida eʼtirof etilgan edi. Aynan shu gol endi Hyundai Goal of the Tournament sovrini uchun nomzodlar roʻyxatidan joy oldi.
Ushbu sovringa quyidagi 12 nafar daʼvogar nomzodi ilgari surilmoqda:
Eldor Shomurodov (Oʻzbekiston) — Kongo DR
Kerim Alaybegovich (Bosniya va Hersegovina) — Qatar
Xulian Alvares (Argentina) — Shveysariya
Jud Bellingem (Angliya) — Fransiya
Sidni Kabral (Kabo Verde) — Argentina
Erling Holand (Norvegiya) — Braziliya
Vilson Isidor (Hayiti) — Marokash
Elayja Jast (Yangi Zelandiya) — Eron
Dayzen Maeda (Yaponiya) — Shvetsiya
Kilian Mbappe (Fransiya) — Senegal
Lionel Messi (Argentina) — Jazoir
Ferran Torres (Ispaniya) — Argentina
Eng koʻp muxlislar ovozini yiqqan futbolchi gʻolib deb topiladi. Quyidagi havola orqali ovoz berish mumkin: https://play.fifa.com/gott/en/
Ovoz berish jarayoni 27-iyul kuni yakunlanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q