Jamiyat
20-iyuldan Katta halqa yoʻli boʻylab Food city savdo markazi yaqinida yoʻl taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtincha oʻzgartirish kiritildi, deb xabar berdi Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.

Unga koʻra, 39, 93, 110, 117, 128, 130-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati vaqtinchalik Bektemir yoʻli koʻchasidagi “Ijtimoiy taʼminot agentligi” bekatida (Food city savdo markazigacha harakatlanmagan holda) qisqartiriladi.
Xabarda shuningdek, cheklovlar davomida koʻchalarda tirbandlik ortishi ehtimoli, shunga koʻra, yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgarishlar kiritilishi mumkinligi qayd etilgan. Bundan tashqari, avtobuslarning harakat vaqti va oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkin.
Boshqarma shuningdek, 133-sonli avtobus yo‘nalishida ham vaqtinchalik o‘zgarish kiritilganini ma’lum qildi.
Katta halqa yo‘lining Chortoq ko‘chasidan Gulzor MFY hududigacha bo‘lgan bir tomonlama qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, ushbu yo‘nalishdagi harakat quyidagicha o‘zgartirildi:

Vaqtinchalik harakat yo‘nalishi: Sholikor ko‘chasi, Markaziy ko‘chasi, Gulzor MFY mahalliy ko‘chalari va Katta halqa yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Ta’mirlash ishlari munosabati bilan ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shu bois harakat jadvaliga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning qatnov va oraliq intervallari odatdagidan biroz cho‘zilishi kutilmoqda.
Shu sababli yoʻlovchilardan safarlarni ushbu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112818
Jamiyat
95492
Jamiyat
92326
Jamiyat
76635
Jamiyat
//
Izoh yo‘q