Jamiyat
Respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlari hamda yo‘nalishlar kesimida yangi o‘quv yili uchun davlat stipendiyalarining kvotalari belgilandi. Ularning jami soni – 776 ta.
Stipendiyalarning turlari va ajratilgan kvotalar ro‘yxati quyidagicha:
▪️ Prezident stipendiyasi — 187 ta;
▪️ Islom Karimov stipendiyasi (barcha yo‘nalishlarda) — 194 ta;
▪️ Navoiy stipendiyasi (gumanitar yo‘nalishlarda) — 175 ta;
▪️ Bobur stipendiyasi (tarix va geografiya yo‘nalishlarida) — 51 ta;
▪️ Imom al-Buxoriy stipendiyasi (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida) — 44 ta;
▪️ Beruniy stipendiyasi (texnika yo‘nalishlarida) — 38 ta;
▪️ Ibn Sino stipendiyasi (tibbiyot yo‘nalishlarida) — 33 ta;
▪️ Abdulla Avloniy stipendiyasi (pedagogika yo‘nalishida) — 16 ta;
▪️ Ulug‘bek stipendiyasi (tabiiy yo‘nalishlarda) — 13 ta;
▪️ To‘lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi (Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda) — 11 ta;
▪️ Ibroyim Yusupov stipendiyasi (Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda) — 11 ta;
▪️ Pahlavon Mahmud stipendiyasi (jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida) — 3 ta.
Ma’lumot uchun, ushbu stipendiyalar respublika bo‘yicha jami 335 ming 471 nafar yuqori kurs talabalari orasidan eng munosiblariga taqsimlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112818
Jamiyat
95492
Jamiyat
92326
Jamiyat
76635
Jamiyat
//
Izoh yo‘q