Samarqandda milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi aniqlandi

Saqlash
13:59 / 20.07.2026 392 0

Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan tadqiqotlari davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyining me’moriy qoldiqlari aniqlandi, deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.

 

Xabarga ko‘ra, arxeologik qazishma ishlari Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy xodimlari Amriddin Berdimurov, Husniddin Rahmonov va Nigora Mahkamovalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

 

Qazishmalar natijasida yodgorlikning Ark (qal’a) qismida joylashgan, milodiy VIII asrning birinchi yarmiga mansub bo‘lgan saroy majmuasining me’moriy tuzilishi ochib berilgan.

 

Mutaxassislar inshootning qurilish uslubi ilk o'rta asrlar shaharsozligi, me’morchiligi hamda davlat boshqaruv tizimini o‘rganishda muhim ilmiy manba ekanini ta’kidlaydi.

 

Bundan tashqari, qazishma ishlari davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroshlik namunalari ham topilgan bo‘lib, ular yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

 

 

Arxeologlarning aytishicha, mazkur topilmalar Mingtepa yodgorligining siyosiy, madaniy hayoti, ilk asrlardagi hududning tarixiy taraqqiyoti haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//