Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
11:34 / 20.07.2026 167 0

O‘zgidromet 24-iyulgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun cho‘l hududlarida, ertaga esa respublikaning barcha hududlarida havo haroratning pasayishi kuzatiladi.

 

20–24-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 21-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 22-iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Bugun kunduzi havo harorati +40– +43, janubning ba’zi joylarida +45– +47, shimolda +34– +39 darajada bo‘ladi.

 

Ertadan boshlab ish haftasining oxirigacha havo harorati kechasi +20– +25, kunduzi +32– +37, ba’zi joylarda +30 darajagacha pasayadi.

 

20–22-iyul kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Bugun kunduzgi havo harorati +41– +43, ertaga kechasi +25– +27, kunduzi +36– +38 daraja bo‘ladi. 22–24-iyul kunlari kechasi +20- +23, kunduzi +31– +34 darajagacha pasayadi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12–15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//