Ilm-fan
Litvaning Vilnyus shahrida bo‘lib o‘tayotgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasida, ikki yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari katta muvaffaqiyatga erishib, quyidagi o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi:
▪️ Murodbek Latipov — Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
▪️ Orzugul Muxtorova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
▪️ Nursulton Ashiraliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi.
Shuningdek, O‘zbekiston yoshlari Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida ham yaxshi natija ko‘rsatdi.
.jpg)
119 ta davlatdan 685 nafar o‘quvchilar ishtirok etgan olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini yutdi.
Kumush medal sohiblari:
▪️ Elshod O‘ralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi;
▪️ Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer shahar IM o‘quvchisi.
Bronza medali sohiblari:
▪️ Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali;
▪️ Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
▪️ Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
Ma’lumot uchun, Prezident qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi ko‘zda tutilgan:
➖ kumush medal uchun — 618 mln so‘m, o‘qituvchisiga — 103 mln so‘m;
➖ bronza medal uchun — 412 mln so‘m, o‘qituvchisiga — 61,8 mln so‘m.
Bundan tashqari, mazkur olimpiada g‘oliblarini sinovlarga tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona ko‘tarilishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112820
Jamiyat
95494
Jamiyat
92328
Jamiyat
76637
Jamiyat
//
Izoh yo‘q