Jamiyat
Bugun 18-iyul kun Respublika hududlari boʻylab yuqori darajali issiq kuzatiladi. Joylarda harorat darajasi 48 ga yetishi mumkin.
Toshkent shahrida havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26-28°, kunduzi 43-45° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, choʻl hududlarda 33-35° gacha, kunduzi 43-48° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, baʼzi joylarda 30° gacha, kunduzi 40-45° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 43-48° boʻladi.
Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° boʻladi.
Shuningdek, togʻli hududlarda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112818
Jamiyat
95492
Jamiyat
92326
Jamiyat
76635
Jamiyat
//
Izoh yo‘q