Iqtisod
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga oʻzgartirishni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3281-6, 16.07.2026-y.).
Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida“gi Qonunining 15-moddasiga koʻra, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bogʻliq holda chet el valyutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Bunda, maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda buyurtmalarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Bugungi kunda bir shartnoma doirasida sotib olingan valyuta mablagʻlaridan boshqa shartnoma uchun foydalanish zarurati tugʻilganda, mijozlar tomonidan ushbu valyutalar bankka sotilishi va yangi maqsad uchun qayta sotib olinishi talab etiladi.
Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablagʻlaridan foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish imkoniyati yaratilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112818
Jamiyat
95492
Jamiyat
92326
Jamiyat
76635
Jamiyat
//
Izoh yo‘q