Hafta boshlarida issiq ob-havo chekina boshlaydi

Saqlash
12:41 / 17.07.2026 142 0

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, kunduz kunlari havo 42-45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 46-48 darajagacha isiydi.

 

Poytaxt Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 20-iyul - dushanba kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasaya boshlaydi.

 

21-iyul - seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6-9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//