Jamiyat
Xitoyning Shanxay shahrida 2026-yilgi Butunjahon Sun’iy intellekt konferensiyasi (WAICO) ochilishi arafasida qariyb 30 ta davlat vakillari tomonidan Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha butunjahon tashkiloti (WAICO)ni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tashkilotning hamta’sischilari qatoridan O‘zbekiston ham joy olgan. Bu esa mamlakatning sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish, global SI ekotizimidagi ishtirokini mustahkamlash hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarni jalb etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi qayd etiladi.
Mamlakat nomidan hujjatga Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Rossiyadan vazir Maksut Shadayev, Xitoy nomidan esa tashqi ishlar vaziri Van I imzo chekkan.
Vazirlik qayd etishicha, WAICO sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga oid umumiy yondashuvlarni shakllantirishni maqsad qilgan.
Yangi tashkilotning bosh qarorgohi Xitoyning Shanxay shahrida joylashadi. 17–20-iyul kunlari o‘tayotgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi va Sun’iy intellektni global boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyaning asosiy mavzusi “Intellektual hamkorlar — kelajakni birgalikda yaratish” etib belgilangan. Konferensiyaning ochilish marosimida Xitoy raisi Si Szinpin sun’iy intellektni rivojlantirish va boshqarishga oid Pekin siyosati hamda bu boradagi tashabbuslarni taqdim etishi kutilmoqda.
Ilm-fan
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
112808
Jamiyat
95482
Jamiyat
92314
Jamiyat
76626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q