O‘zbekistonda 20-iyulgacha harorat ko‘tarilishda davom etadi

Saqlash
11:38 / 16.07.2026 119 0

“O‘zgdidromet” ma’lum qilishicha, 18—20-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Harorat ayrim joylarda 46-48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

 

Kunduzi havo harorati aksariyat hududlarda 43–45 darajagacha, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa 46–48 darajagacha bo‘ladi.

 

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//