Endi pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima undirilmaydi

Saqlash
10:50 / 16.07.2026 175 0

Endi pasport yoki ID-kartani yo‘qotib qo‘yganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinib, faqat qo‘shimcha davlat boji undirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning “Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

 

Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi 2026-yil oktyabriga qadar pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotib qo‘yganda yoki yaroqsiz holga keltirganda ma’muriy javobgarlikka tortmasdan, qo‘shimcha miqdorda davlat boji to‘lash orqali yangi hujjatni rasmiylashtirib berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim. Ya’ni bu haqda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.

 

ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun 2022-yilning mart oyidan boshlab BHMning ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//