O‘zbekistonga yil boshidan beri qancha turist kelgani ma’lum qilindi

Saqlash
08:51 / 16.07.2026 145 0

2026-yilning yanvar-iyun oylarida jami 6 565 410 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln nafarga yoki 24,9 foizga oshgan.

 

O‘zbekistonga kelgan turistlar soni bo‘yicha top-10 davlatlar:

 

Qirg‘iz Respublikasi – 1 875 332 nafar;

Qozog‘iston – 1 553 688 nafar;

Tojikiston – 1 471 670 nafar;

Rossiya – 585 558 nafar;

Afg‘oniston – 238 925 nafar;

Xitoy – 223 479 nafar;

Turkmaniston – 164 211 nafar;

Turkiya – 95 466 nafar; Hindiston – 26 450 nafar;

Germaniya – 22 294 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//