Jamiyat
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlum qilishicha, respublika hududiga oʻta issiq havo massalarining kirib kelishi va havo haroratining 44-46 darajagacha koʻtarilishi munosabati bilan hududiy bosh boshqarmalar mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Mamlakatning barcha hududlarida daraxtlar, butalar va manzarali oʻsimliklar namlikning bugʻlanishi eng kam boʻladigan tong, kechqurun va tungi vaqtlarda sugʻorilmoqda. Shuningdek, maxsus texnikalar yordamida shahar koʻchalari va jamoat joylarini sovitish ishlari ham tashkil etilgan.
Buxoro viloyatida yashil hududlarni parvarishlash ishlari kuchaytirilib, favvoralar ishga tushirilgan. Markaziy koʻchalar va yashil zonalar muntazam sugʻorilmoqda. Konimex tumanida esa havo haroratini pasaytirish hamda chang miqdorini kamaytirish maqsadida koʻchalarga suv sepilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ekologiya xodimlari daraxt va butalarning qurib qolishining oldini olish maqsadida tungi sugʻorish ishlarini amalga oshirmoqda.
Xonobod va Andijon shaharlarida maxsus texnikalar yordamida koʻchalar sovitilmoqda. Bu tadbirlar havo sifatini yaxshilash va chang koʻtarilishining oldini olishga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyatida tasdiqlangan grafik asosida koʻchalar, daraxtlar va yashil maydonlar sugʻorilmoqda. Termiz shahrida esa kunning eng issiq vaqtlarida aholiga yuqori harorat taʼsirini yumshatish maqsadida koʻchalarga suv sepilmoqda. Shu bilan birga, viloyatning bir qator hududlarida maysazor va gulzorlarni uzluksiz suv bilan taʼminlaydigan zamonaviy sugʻorish tizimlari joriy etilgan.
Navoiy viloyatida daraxtlar, gulzorlar va boshqa yashil maydonlarni muntazam sugʻorish ishlari davom ettirilmoqda. Namangan viloyatida esa anomal issiq oqibatlarini yumshatish maqsadida shahar koʻchalariga qoʻshimcha suv sepish va yashil hududlarni sugʻorish ishlari kuchaytirilgan.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi fuqarolarni ham yashillikni asrashga hissa qoʻshishga chaqirib, jazirama kunlarda sugʻorilgan har bir daraxt mamlakat ekologik barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95654
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q