Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq amirining taʼziya marosimida ishtirok etdi

Saqlash
10:16 / 15.07.2026 268 0

Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Dohadagi Lusail saroyida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, muloqot avvalida unga otasi – sobiq amir Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 

Uchrashuvda shayx Hamad Ol Soniy Qatar erishgan koʻplab tarixiy yutuqlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi jadal islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga ulkan hissa qoʻshgan siyosat arbobi boʻlgani taʼkidlandi.

 

Shu bilan birga, uning bu ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashdagi samarali mehnati alohida qayd etildi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Qatar bugungi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi muhim oʻrin egallayotgani, xalqaro maydonda katta taʼsirga ega “Doha ovozi” paydo boʻlganini eʼtirof etdi.

 

Ikki davlat yetakchilari Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, koʻp qirrali aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

 

Oʻz navbatida, Qatar amiri Oʻzbekiston prezidentiga ushbu sinovli damlarda shaxsan tashrif buyurib, bildirgan samimiy hamdardligi hamda doʻstona qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston rahbari Qatar amirini oʻziga qulay boʻlgan fursatlarda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//