Shavkat Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Saqlash
19:49 / 14.07.2026 271 0

Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun 14-iyul kuni Doha shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hamad xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Tashrif doirasida Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//