Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
18:54 / 14.07.2026 313 0

Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi o‘zgardi. Bu haqda 2026-yil 14-iyul kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida ma’lum qilindi.

 

Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, sessiyada viloyat hokimi Zoir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.

 

Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilib, shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Sessiyada Zoir Mirzayev Babayevning o‘rniga Narimonjon No‘monovich Ismoilov nomzodini tavsiya qildi.

 

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari uning nomzodini ko‘rib chiqib, bir ovozdan Bekobod shahri hokimi lavozimiga tasdiqladi.

 

Narimonjon Ismoilov tayinlovga qadar “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki direksiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//