Jamiyat
Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xodimlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Yangi qonun bilan Mehnat kodeksining 333-moddasiga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu hujjat mamlakat mehnat bozorida qog‘ozbozlikni kamaytirish va xodimlarning kafolatlarini kuchaytirishda yangi davrni boshlab beradi.
Eng katta qulayliklardan biri — fuqarolarni ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati keskin qisqartirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ishga joylashishda fuqarodan asosan uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) talab etiladi. Faqatgina harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar qo‘shimcha ravishda harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani taqdim etadi.
Mehnat munosabatlarini raqamlashtirish bo‘yicha ham inqilobiy yangilik joriy etilmoqda. Endilikda elektron raqamli imzo (ERI) yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlangan barcha mehnat hujjatlari yuridik jihatdan qo‘lda imzolangan qog‘oz hujjatlar bilan teng hisoblanadi. Bu esa masofadan turib ham oson va tezkor shartnomalar tuzish imkonini beradi.
Qonun loyihasida nafaqat texnik qulayliklar, balki xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga ham jiddiy e’tibor qaratilgan: Mehnat jarayonida xodimlarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini qat’iy taqiqlash, ularning oldini olish hamda jabrlangan xodimlarni himoya qilish choralari belgilanmoqda.
Ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun xodimga majburiy pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniq va qat’iy qilib mustahkamlanmoqda.
Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Endilikda u Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95654
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q