Navoiydagi davlat bog‘chalari ham anomal issiq sabab 4 kunga yopildi

Saqlash
14:23 / 14.07.2026 130 0

Navoiy viloyatida ham ayrim davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopildi, deb xabar bermoqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi.

 

Ushbu haftada Navoiy viloyatida havo haroratining 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli tuman (shahar) hokimlarining farmoyishiga asosan quyidagi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:

 

  • —Uchquduq tumani — 14-iyuldan 17-iyulgacha;

  • — Nurota tumani — 14-iyuldan 17-iyulgacha;

  • — Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 14-iyuldan 17-iyulgacha;

  • — Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 14-iyuldan 17-iyulgacha.

  •  

Viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha axborot taqdim etiladi. 

 

Ta'kidlanishicha, mazkur qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini anomal issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 20-iyuldan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//