Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni Bekobod shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida davlat rahbari 95 yoshli keksa metallurg otaxonga BYD elektromobilini sovg‘a qildi.
“Mana shu elektromobilni minib, uyga bugun borib, prezident sovg‘asi deb aytsangiz, men sizdan minnatdor bo‘lardim”, dedi Prezident.
Otaxonning aytishicha, u kombinatning eng eski ishchilaridan biri. 1955-yil mart oyida armiyadan qaytgach, zavodga ishga kirgan va 2003-yil avgust oyigacha mehnat qilgan.
Bundan tashqari, “O‘zmetkombinat”ga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevga soha xodimlari nomidan she’r o‘qib bergan Dilnoza Primqulovaga istisno tariqasida “Zulfiya” mukofoti berish vazifasi topshirildi.
.png)
Prezident metallurgiya og‘ir, ammo sharafli soha ekanini ta’kidlab, kombinat ishchi-xodimlarining mashaqqatli va fidoyi mehnati yuksak hurmat hamda tahsinga sazovorligini qayd etdi.
Shundan so‘ng davlat rahbari ramziy tugmani bosib, Quyuv-prokatlash majmuasi faoliyatiga start berdi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
112996
Jamiyat
95695
Jamiyat
92656
Jamiyat
76901
Jamiyat
//
Izoh yo‘q