Jamiyat
Joriy yildan xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarga yangi imtiyoz joriy etildi. Qarorga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish imtihonlarida milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi.
Ushbu tartib joriy yilgi o‘qishni ko‘chirish jarayonidan boshlab to‘liq qo‘llaniladi. Unga ko‘ra, chet tili yoki umumta’lim fanlaridan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga imtihonda shu fanlardan maksimal yoki tabaqalashtirilgan ball beriladi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar rasman 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari, my.gov.uz portali yoki Bilimlarni baholash agentligining platformasi orqali onlayn yuborish mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, yangi qoidalar faqat mos va turdosh bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabalarga tegishli.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95654
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q