SSV aholiga jazirama issiqdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Saqlash
09:09 / 14.07.2026 174 0

“O‘zgidromet” 13—17-iyul kunlari janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotganini, ayrim hududlarda havo harorati 44–46 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu munosabat bilan SSV aholiga jaziramada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida tavsiyalar berdi.

 

Jumladan, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar (65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar) holidan muntazam xabar olib turish ta’kidlandi.

 

Shuningdek, chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish kerakligi aytib o‘tildi.

 

Bundan tashqari, xabarda yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish, og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlardan saqlanib, sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish, taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash, hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmaslik kabi tavsiyalar keltirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//