Jamiyat
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 14–17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Bunga sabab hududda shu haftada havo harorati +44– +45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotganidir.
Xabarga ko‘ra, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida mazkur chora-tadbirni tavsiya qilgan.
Ta’kidlanishicha, davlat bog‘chalari faoliyati 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.
“Hurmatli ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni farzandlarimiz asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida to‘g‘ri qabul qilishlarini hamda bu davrda bolalarning salomatligiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tish lozim, 13-iyuldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat bog‘chalarning faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi ma’lum qilingan edi. Cheklov 17-iyulgacha amal qiladi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95653
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q