Jamiyat
Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi poyezdlarni liniyalarga chiqarish poyezdlar harakati intervalini qisqartirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash hamda xizmat muddati uzoq bo‘lgan eski harakat tarkiblarini bosqichma-bosqich zamonaviy poyezdlar bilan almashtirish imkonini beradi.

Metropoliten ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy harakat tarkiblari sonining ortib borishi metropolitenning tashish quvvatini oshirish, harakat jadvalining barqarorligini ta’minlash va kun sayin ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-yil yakunigacha Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95667
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q