Jamiyat
O‘zbekistonda sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu hujjat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish maqsadida qabul qilindi.
Qonunchilikka ko‘ra, davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo‘shaganidan keyin 2 yil davomida uni o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga olishdan oldin, avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinishi belgilangan.
Endi nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, uning kadrlar bo‘limi 1 ish kuni ichida tegishli ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat yo‘llaydi.
Ichki nazorat bo‘linmasi o‘rganishlar natijasida 3 xil (ijobiy, cheklovli ijobiy yoki salbiy) xulosa beradi. Xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi. Bunday xulosa berilganda, xodim 3 oy davomida avval o‘zi nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi, uning vazifalari qayta taqsimlanadi va faoliyati monitoring qilinadi.
Sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95653
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q